Bonu (Smaylova Dilbar Bazarbaevna)

Fayzli kun

Nukus FM radiosida “Fayzli kun” — interaktiv ko‘ngilochar dastur

Efirdegi jaylasıwı: Nukus FM radiosida

Boshlovchi: Bonu (Smaylova Dilbar Bazarbaevna)

Dastur nomi: “Fayzli kun” — interaktiv ko‘ngilochar dastur

Dastur haqida umumiy ma’lumot: “Fayzli kun” — bu ijobiy kayfiyat, quvnoqlik va foydali ma’lumotlar uyg‘unlashgan jonli interaktiv dastur. Dastur har bir tinglovchiga iliqlik, quvonch va ilhom ulashadi. Unda hayotiy mavzular, musiqiy yangiliklar, qiziqarli faktlar va foydali maslahatlar bir-birini boyitadi. Shuningdek, “Fayzli kun” — bu har bir tinglovchining kunini iliqlik, quvonch va ijobiy hissiyotlar bilan to‘ldiruvchi radiodasturdir Boshlovchi Bonu efir davomida samimiy ohangi, tabiiy hazili va ijobiy kayfiyati bilan efirni tinglovchilar uchun bayram muhitiga aylantiradi. U har bir efirda tinglovchining kayfiyatini ko‘taradi, samimiy so‘zlar, musiqiy lahzalar va lirik chekinish va hayotiy monologlari har bir muhlisning diqqati va mehrini o‘ziga jalb etadi va ularga samimiyat va quvnoqlik ulashadi.

Dastur o‘zining tabiiy ohangi, samimiy muloqoti, interaktiv o‘yinlari va quyidagi foydali ruknlari bilan “Nukus FM” tinglovchilari qalbidan mustahkam o‘rin olgan. “Everest” intellektual radio o‘yini — bilim va topqirlik cho‘qqisi: “Fayzli kun” dasturining eng faol, eng hayajonli va tinglovchilarni birlashtiruvchi rukni — bu “Everest” radio o‘yini hisoblanadi! Bu o‘yinda har kuni yangi mavzular, qiziqarli savollar va kutilmagan javoblar bo‘ladi.

Savollar: Tarix, madaniyat, adabiyot, musiqa, kino, sport va shu kabi har xil sohalarga oid bilimlarga oid. Ba’zida esa kulgili, mantiqiy yoki hazil aralash ko‘rinishida bo‘ladi. Tinglovchilar ijtimoiy tarmoqdagi manzillar orqali sms tarzida o’z javoblarini yo’llaydilar.

Bu rukn tinglovchilarning aqliy faolligini oshiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi va radioga mehr uyg‘otadi.

ASOSIY RUKNLAR:

1. Qiziqarli faktlar:

Efir davomida dunyodagi eng noodatiy voqealar, hayvonot olami, texnologiya, san’at va tabiat haqidagi g‘aroyib ma’lumotlar bilan tinglovchilar tanishtiriladi.

2. Foydali maslahatlar:

Bonu sog‘lom turmush tarzi, motivatsiya, shaxsiy rivojlanish, psixologik barqarorlik haqida foydali maslahatlar beradi.

3. Kun tarixi:

Efirda “Bugun tarixda” rukni orqali muhim sanalar, mashhur shaxslar hayoti, tarixiy voqealar haqida qisqa, lekin qiziqarli ma’lumotlar o‘qiladi.

4. Muhim sanalar:

Yurtimizda va butun dunyoda nishonlanadigan xalqaro, milliy yoki kasb bayramlari haqida ma’lumotlar beriladi.

5. Monolog va lirik chekinishlar:

Har bir efirda Bonu tinglovchilar bilan yurakdan suhbat quradi. Ba’zan lirik ohangda hayot, baxt, mehr, sadoqat haqida so‘z yuritadi. Bu qismlar — dasturga ruh, samimiyat va o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi.

Dastur musiqiy yo‘nalishi:

Dastur davomida o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, rus va sharqona, xorijiy estrada qo‘shiqlari, klassik kuylar va yangi avlod san’atkorlarining ijrolari eshittiriladi. Musiqa tanlovi — tinglovchilarning kayfiyatini ko‘taruvchi, mavzuga mos tarzda tuziladi.

Dastur maqsadi: Tinglovchilarga ijobiy ruh ulashish, hayotga optimistik qarashni targ‘ib etish, foydali bilim va ma’lumotlar bilan tanishtirish, intellectual salohiyatini oshirib boruvchi foydali ma’lumotlar ulashish orqali har bir kunni “fayzli” davom ettirishga undash.

Shior: “Fayzli kun” — kayfiyat, quvonch, bilim va mehr birlashgan efir makoni!

Efir vaqti: Haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 16:00 dan 18:00ga qadar davom etadi.